Orqaga

Cookie fayllari siyosati

2026-11-26

Cookie — sayt brauzeringizda saqlaydigan kichik matn fayli. Biz cookie'larni faqat saytning ishlashi va tanlovlaringizni eslab qolish uchun ishlatamiz. Reklama cookie'lari, boshqa saytlarga kuzatuvchilar va statistika uchun uchinchi tomon cookie'lari yo'q.

Zarur cookie'lar (saytsiz ishlamaydi)

  • sb-… (bir nechta) — kirgan hisobingizning sessiyasi (Supabase). Chiqquncha yoki ~1 yil. Bo'lmasa — kirish ishlamaydi.
  • ib_mode — tanlagan rolingiz (ish qidiryapman / ishchi qidiryapman): sayt faqat sizga keraklisini ko'rsatadi. 1 yil.
  • ib_intro, ib_entry — xush kelibsiz ekrani ko'rilgani va kirish oqimi qaysi qadamda to'xtagani. 1 yil / 30 kun.
  • ib_app — ilova Google Play'dan ochilganini belgilaydi (ilova ichida to'lov tugmalari ko'rsatilmaydi). 1 yil.
  • ib_consent — cookie haqidagi eslatmani ko'rganingiz. 1 yil.

Qulaylik cookie'lari (tanlovlaringiz)

  • ishuz_locale — sayt tili (o'zbek lotin/kirill, rus, ingliz). 1 yil.
  • ib_place — eslab qolingan viloyat va tuman (qidiruv shu hududdan boshlanadi). 1 yil.
  • ib_name — kirish oynasida yozgan ismingiz (hali kirmagan bo'lsangiz ham qayta so'ralmasin). 1 yil.
  • ib_aid — tasodifiy anonim identifikator: kirmagan foydalanuvchining sayt bo'ylab harakatini (masalan, «qidiruv → e'lon → ariza») sanash uchun. Unda telefon, ism yoki IP yo'q. 1 yil.

Brauzer xotirasi (localStorage va sessionStorage)

  • E'lon qoralamalari (ib_draft:…) — formani to'ldirayotganda sahifa yopilib ketsa, yozganlaringiz yo'qolmaydi.
  • AI yordamchi suhbati (ib_ai_chat…) — shu tabda 30 daqiqa: e'lon ochib qaytganingizda javob joyida turadi.
  • AI yordamchi sahifasidagi «So'nggi suhbatlar» (ib_ai_convs…) — oxirgi 10 ta suhbat, 7 kungacha, faqat shu qurilmada; ro'yxatdan o'zingiz o'chirasiz.
  • Ochilish ekrani bir marta ko'rsatilgani (ib_splash), oxirgi to'lov usuli (ib_pay_provider), oxirgi ochilgan kasblar va shu kabi kichik qulayliklar.

Cookie emas, lekin shunga o'xshash: faqat sizning qurilmangizda saqlanadi, serverga yuborilmaydi.

Nima YO'Q

  • Reklama va reklama tarmoqlarining cookie'lari yo'q.
  • Google Analytics, Facebook Pixel va boshqa saytlararo kuzatuvchilar yo'q.
  • Cookie orqali ma'lumotlaringiz hech kimga sotilmaydi va berilmaydi.

Rozilik

Zarur cookie'lar saytning ishlashi uchun kerak va rozilik talab qilmaydi. Qulaylik cookie'lari faqat siz tanlov qilganingizda (til, rol, hudud) qo'yiladi — tanlovning o'zi rozilik hisoblanadi. Birinchi tashrifda pastda qisqa eslatma ko'rsatiladi.

Cookie'larni boshqarish va o'chirish

  • Brauzer sozlamalarida cookie'larni ko'rish va o'chirish mumkin (Chrome: Sozlamalar → Maxfiylik → Cookie fayllar; Safari: Sozlamalar → Safari → Barcha ma'lumotlarni o'chirish).
  • O'chirilsa, sayt sizni tanimaydi: qayta kirish, til va rolni qayta tanlash kerak bo'ladi.
  • Zarur cookie'larni bloklasangiz, kirish va e'lon berish ishlamaydi; e'lonlarni ko'rish va qidirish ishlayveradi.

Aloqa

Savol yoki so'rovlar bo'yicha yozing:

Maxfiylik siyosati →Foydalanish shartlari (ommaviy oferta) →